Mastantuono: «Fiorentina»da qanday ekanimni ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘laman»
Florensiya klubi futbolchini ijaraga olishga qaror qildi.
ФОТО: Getty images
“Real” klubidan “Fiorentina”ga ijara asosida o‘tgan Franko Mastantuono o‘tgan mavsumdagi qiyinchiliklar haqida fikr bildirdi.
“O‘tgan mavsum ‘Real’da murakkab kechdi — barchamiz uchun oson bo‘lmadi. Ammo bunday vaziyatlar odamga o‘rganish va rivojlanishda yordam beradi. ‘Fiorentina’da qanday futbolchi ekanimni ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘laman”, — dedi yaqinda 19 yoshni qarshi olgan Mastantuono.
Eslatib o‘tamiz, “Real” argentinalik iste’dodni 2025 yil yozida “River Pleyt”dan transfer qilgan edi. Futbolchi Madrid klubi bilan olti yillik shartnoma imzolagan.