Massimiliano Allegri A Seriyada oy murabbiyi deb topildi
"Milan" A Seriya jadvalida "Napoli" bilan birga turnir jadvalini boshqarib kelmoqda.
ФОТО: Getty images
"Milan" ustozi Massimiliano Allegri noyabr oyida A Seriyaning "eng yaxshi murabbiyi" deb topildi. Bu haqda A Seriya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uning boshchiligida "Milan" "Roma" (1:0), "Inter" (1:0) va "Lazio" (1:0) jamoalarini mag'lub etdi, shuningdek, "Parma" (2:2) bilan durang o'ynadi.
Eslatib o'tamiz, Allegri yangi mavsum oldidan jamoani qabul qilib olgandi.
Ayni vaqtda "Milan" A Seriya jadvalida "Napoli" bilan birga turnir jadvalini boshqarib kelmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist