Maskerano nima sababdan Messi va Alba maydonga tushmaganini aytdi
Фото: Getty Images
“Inter Mayami” bosh murabbiyi Xavyer Maskerano “Di Si Yunayted”ga (1:1) qarshi o‘yinda hujumchi Lionel Messi va himoyachi Jordi Alba o‘yinni o‘tkazib yuborganini aytdi.
"41 ta o‘yin o‘tkazdik, shu sababli boshqalarga ham imkoniyat bermoqchi edim. Bizga to‘liq tarkib kerak, shu sababli bu qaror tabiiy bo‘ldi va yakunda barchasi to‘g‘ri bo‘lganiga amin bo‘ldim.
Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Luis Suares, Buskets, Rodrigo De Paul, Baltasar Rodriges kabi futbolchilar jamoaga yordam berishdi. Agar o‘yin boshidan boshlab o‘zimiz kutgan futbolni namoyish etganimizda, balki, g‘alaba qozonardik", - dedi "Inter Mayami" ustozi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist