locale OZ

Maskerano: «Bu o‘yinda bizga Messi yetishmadi»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maskerano: «Bu o‘yinda bizga Messi yetishmadi»
Photo: Getty Images

"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xaver Maskerano "Tsintsinnati"ga (0:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz jiddiy qiyinchiliklarga duch keldik, moslashishga to‘g‘ri keldi, ammo yaxshi harakat qildik va g‘alabaga loyiq edik. Biz eng yaxshi to‘purarmiz Messisiz o‘ynadik va bu o‘z ta’sirini ko‘rsatdi — bizga u yetishmadi. Qizig‘i, biz bu mavsumda hali penalti tepmagan ligadagi yagona jamoa bo‘lib qolmoqdamiz," — dedi Maskerano matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, "Inter Mayami" 22 o‘yinda 42 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida beshinchi o‘rinda, "Tsintsinnati" esa 25 o‘yinda 49 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting