«Mash’al»ning 9 nafar futbolchisi jamoasiga yordam bera olmaydi
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Фото: Машъал ПФК
Bugun O‘zbekiston kubogi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar doirasida Mash’al jamoasi Toshkentning Olimpik Mobiuz klubiga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuv oldidan “Mash’al” tarkibida ayrim yo‘qotishlar mavjud. Jamoaning bir qator yetakchi futbolchilari jarohat tufayli bugungi bellashuvda maydonga tusha olmaydi.
Xususan, Dostonbek To‘xtaboyev, Sherzod Fayziyev, Abubakar, Chidi, Ayagwa, Nuriddin Nuriddinov, Shahboz Jo‘rayev, Vladko hamda Muhammadali Aliqulov jarohatlari sabab jamoaga yordam bera olmaydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist