locale OZ

«Mash'al» va «Paxtakor» matbuot xizmatlarining xatti-harakatlari Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi

Ular uchrashuv hakamligi borasidagi oshkora e'tirozlarini bildirgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Mash'al» va «Paxtakor» matbuot xizmatlarining xatti-harakatlari Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi
Фото: ЎФА

O'zbekiston Superligasining 21-turi doirasida bo'lib o'tgan "Mash'al" – "Sho'rtan" hamda "Paxtakor" – "Neftchi" uchrashuvlari davomida mezbon jamoalar matbuot xizmati o'zining “Telegram” messenjeridagi rasmiy kanali orqali uchrashuv hakamligi borasida ochiq e'tirozlarini bildirdi. Vaholanki, uchrashuv yakunlangach, klub rasmiylari hakamlik yuzasidan rasmiy shikoyat kiritmadi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi musobaqalarining tegishli reglamentlarida hakamlikka e'tiroz bildirish tartiboti aniq ko'rsatilgan. Shuningdek, Liga tomonidan o'tkaziladigan tadbirlar va musobaqalarda ishlovchi OAV vakillari uchun media yo'riqnomaning 2.2 bandida “Matbuot kotibi o'zi faoliyat olib borayotgan klubga tegishli tadbirlar va musobaqalar o'tkazishda bevosita ishtirok etadi hamda rasmiy sahifalarda e'lon qilingan materiallar uchun javobgar hisoblanadi”, deyilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, "Mash'al" va "Paxtakor" jamoalarining ishlari O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Tartib-intizom qo'mitasiga oshirildi. Liga o'z shafeligida o'tadigan musobaqalarda ishtirok etuvchi klublarni tegishli reglament va yo'riqnomalarga qat'iy amal qilishga chaqiradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting