locale OZ

«Mash’al» – «Navbahor». Prevyu

O'yin 21 noyabr kuni G'uzordagi “Markaziy” stadionda soat 16:00 da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Машъал» – «Навбаҳор». Превью
Фото: Машъал ПФК

O‘zbekiston Superligasining 29-turi doirasida jamoamiz safarda “Mash’al” (Muborak) mehmoni bo‘ladi.

Mazkur klublar Superliga (oliy liga) o‘yinlarida 39 marta bir-birlariga qarshi maydonga tushgan. Ushbu 39 ta bahsdan 16 ta uchrashuvda muborakliklar g‘alaba qozonishgan, 15 tasida jamoamiz zafar quchgan bo‘lsa, 8 ta o‘yinda esa tomonlar durangga imzo chekkan.

“Navbahor” shu kungacha “Mash’al”ga qarshi o‘tgan o‘zaro o‘yinlarda 54 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 47 marta to‘p olib chiqqan.

Mazkur jamoalarning o‘zaro bahslarida “Mash’al” 56 ochkoni, “Navbahor” esa 53 ochkoni qo‘lga kiritgan.

O‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 1995-yilda kuzatilgan. O‘sha yili Namanganda o‘tgan o‘yinda “lochinar” 8:0 hisobida g‘alaba qozonishgan. Muborakliklar esa 2008-yilgi mavsumda jamoamizni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan.

Ushbu klublarning shu kunga qadar Muborakda bo‘lib o‘tgan 19 ta bahsidan 12 tasida mezbonlar g‘alaba qozongan, 5 ta o‘yinda jamoalar durangga imzo chekkan, 2 ta o‘yinda esa vakillarimiz zafar quchishgan.

Muborakda bo‘lib o‘tgan bahslarda “Mash’al” jamoamiz darvozasiga 34 ta gol urib, o‘z darvozasidan 15 ta to‘p olib chiqqan.

Ushbu klublarning 1-davrda Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida “lochinar” Alisher Odilov (7), Ruslanbek Jiyanov (22), Zabihillo O‘rinboev (37), Abbosjon G‘ulomov (39,53) va Pedro Augusto (84)larning gollari evaziga yirik – 6:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Quyida jamoalarning o‘zaro o‘yinlari statistikasi keltiriladi.

1995-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 0:0
“Navbahor” – “Mash’al” – 8:0
1996-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 0:3
“Navbahor” – “Mash’al” – 5:0
2002-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 2:1
“Mash’al” – “Navbahor” – 0:0
2003-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 2:0
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:2
2004-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 1:2
“Navbahor” – “Mash’al” – 1:0
2005-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:1
“Navbahor” – “Mash’al” – 0:0
2006-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:1
“Navbahor” – “Mash’al” – 0:0
2007-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Mash’al” – 0:1
2008-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 1:0
“Mash’al” – “Navbahor” – 5:0
2009-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 2:1
“Mash’al” – “Navbahor” – 3:1
2010-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 0:0
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:0
2011-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:0
“Navbahor” – “Mash’al” – 2:0
2012-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:0
“Navbahor” – “Mash’al” – 2:2
2014-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 3:1
“Navbahor” – “Mash’al” – 3:0
2015-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 0:2
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:2
2016-yil
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:1
“Navbahor” – “Mash’al” – 3:2
2017-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 1:0
“Mash’al” – “Navbahor” – 2:1
2020-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 0:1
“Mash’al” – “Navbahor” – 3:0
2021-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 2:1
“Mash’al” – “Navbahor” – 0:0
2025-yil
“Navbahor” – “Mash’al” – 6:0.

Eslatib o‘tamiz, “Mash’al” – “Navbahor” bahsi 21 noyabr kuni G‘uzordagi “Markaziy” stadionda soat 16:00 da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting