«Mash’al» jamoasida darvozabonlar statistikasi bilan tanishing
«Mash’al» jamoasida darvozabonlar statistikasi
2025 yilgi mavsum davomida «Mash’al» futbol jamoasi safida darvozabonlar yo‘nalishida ikki nafar futbolchi — Dostonbek To‘xtaboyev va Umidjon Hamroyev maydonga tushdi. Ular jamoaning chempionatdagi o‘yinlarida darvozani qo‘riqlab, o‘z vazifalarini bajarishdi
Dostonbek To‘xtaboyev mavsum davomida 14 ta uchrashuvda ishtirok etdi va jami 24 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning ishtiroki bilan o‘tgan o‘yinlarda jamoa bir qator muhim bahslarda tajriba orttirdi.
Umidjon Hamroyev esa 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol o‘tkazib yubordi. O‘yinlar soni ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, o‘rtacha ko‘rsatkich jihatidan barqaror o‘yin namoyon etildi
Darvozabonlar statistikasi jamoaning umumiy o‘yini va himoya chizig‘idagi harakatlar bilan bevosita bog‘liq. Mavsum davomida olingan tajriba kelgusi uchrashuvlarda jamoa o‘yinini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
«Mash’al» futbol klubi kelgusi bahslarda barqarorlikni oshirish, himoyada ishonchli harakat qilish va ijobiy natijalarga erishish yo‘lida ishlarni davom ettiradi