«Mash'al»: Igor Surovning sog'ligi tiklanmoqda
Mutaxassisning kelgusi uchrashuvlarga tayyor bo‘lishi kutilmoqda
Фото: Машъал ПФК
“Mash'al” jamoasi bosh murabbiyi Igor Surovning sog'ligi asta-sekin tiklanmoqda. Ayni paytda mutaxassis jamoa shifokorlari nazorati ostida bo‘lib turibdi.
Ma'lum qilinishicha, murabbiy to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va shifokorlar uning holatini doimiy ravishda nazorat qilib borishmoqda.
Jamoa shifokorining ta’kidlashicha, Igor Surovning holati kun sayin yaxshilanmoqda va u yaqin kunlarda jamoa bilan to‘liq mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin.
Shuningdek, mutaxassisning kelgusi uchrashuvlarga tayyor bo‘lishi kutilmoqda", - deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist