locale OZ

«Mash'al» — «Andijon»: o‘zaro o‘yinlar tarixi

Jamoalar shu kungacha chempionat bahslarida 37 marta to‘qnash kelgan.
“Mash'al” — “Andijon”: o‘zaro o‘yinlar tarixi
Фото: UzPF

Superliganing navbatdagi turida Muborakning “Mash'al” jamoasi Andijonning “Andijon” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O‘zaro o‘yinlar

“Mash'al” va “Andijon” shu kungacha chempionat bahslarida 37 marta to‘qnash kelgan. G‘alabalar bo‘yicha “Mash'al” 19 ta, “Andijon” esa 13 ta yutuqqa erishgan. 5 ta o‘yin durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 51 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsa, andijonliklar esa 41 ta gol urishgan.

“Mash'al”ning o‘zaro o‘yinlarda qo‘lga kiritgan eng yirik g‘alabasi — 6:1 va 5:0 ga teng. “Andijon”da bu ko‘rsatkich 4:0 bo‘lib turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting