locale OZ

Mashʼal akademiyasida shaxmat va shashka musobaqasiga start berildi

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Mashʼal akademiyasida shaxmat va shashka musobaqasiga start berildi
PHOTO: Telegram

Mashʼal akademiyasi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi. Ushbu intellektual bellashuv yoshlarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, sabr-toqat va strategik tafakkurini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.

Musobaqa akademiya tarbiyalanuvchilari uchun mashg‘ulotlardan so‘ng, bo‘sh vaqtlarida o‘tkazilishi belgilangan. Bellashuv oldidan qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Mashʼal akademiyasi tarbiyachilari boshchiligida tashkil etildi. Qurʼa natijasida ishtirokchilarning raqiblari va musobaqa jadvali aniqlandi.

Bunday musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirib, ularni bilim va intizom sari yo‘naltiradi. Musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlanib, munosib taqdirlanadi.Mashʼal akademiyasida shaxmat va shashka musobaqasiga start berildi

Mashʼal akademiyasi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi. Ushbu intellektual bellashuv yoshlarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, sabr-toqat va strategik tafakkurini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.

Musobaqa akademiya tarbiyalanuvchilari uchun mashg‘ulotlardan so‘ng, bo‘sh vaqtlarida o‘tkazilishi belgilangan. Bellashuv oldidan qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Mashʼal akademiyasi tarbiyachilari boshchiligida tashkil etildi. Qurʼa natijasida ishtirokchilarning raqiblari va musobaqa jadvali aniqlandi.

Bunday musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirib, ularni bilim va intizom sari yo‘naltiradi. Musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlanib, munosib taqdirlanadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting