Martino — «Atlanta United» bosh murabbiyi
"Atlanta United" MLSning yakunlanayotgan mavsumida Sharqiy konferensiyada 15 jamoa orasida 14-o‘rinni egallagan edi.
ФОТО: Getty images
"Atlanta United" yangi bosh murabbiyini e’lon qildi
Oktabr oyida klub MLSning pley-off bahslariga chiqa olmaganidan so‘ng, Ronni Deilni iste’foga chiqardi.
Shu tariqa, Xerarado Martino uning o‘rnini egallaydigan bo‘ldi. 62 yoshli mutaxassis yangi klubi bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tuzdi.
Argentinalik murabbiy avvalroq "Barselona"ni boshqargan. Uning so‘nggi ish joyi esa "Inter Miami" bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, "Atlanta United" MLSning yakunlanayotgan mavsumida Sharqiy konferensiyada 15 jamoa orasida 14-o‘rinni egallagan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist