Martin Boake: «Andijon»ga qaytganimdan juda xursandman»
“Andijon” klubining qishki seleksiya davrida amalga oshirgan transferlaridan biri Martin Boake bo‘lib, muxlislar uchun u begonа emas.
Chunki, O‘zbekistonga ilk bor kelgan 2021-yili aynan “Andijon”da yarim mavsum to‘p surgan.
Hozirda ushbu hujumchi “Andijon” bilan Antaliya yig‘inida astoydil mehnat qilmoqda va kuni kecha klub matbuot xizmatiga dastlabki intervyusini berdi.
Qaytish va hissiyotlar
— “Andijon”ga qaytish hissi qanday? Bu klub sizning faoliyatingizda nimasi bilan alohida?
— Men ortga qaytganimdan o‘zimni juda yaxshi his qildim va bu qarorimdan juda xursandman.
— 2021-yildan beri sizda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
— Men ko‘p tajriba oldim va hozir ancha ulg‘aydim.
— Qaytib kelishingizda qaysi omil asosiy rol o‘ynadi?
— Birinchidan, bosh murabbiyimiz bilan bu klubda nimalarga erishishimiz haqida juda yaxshi gaplashdik. Ikkinchidan, men ushbu jamoaga birinchi marta kelganimda boshlagan ishimni tugatish uchun qaytdim.
Tajriba va o‘sish
— OKMK, Tailand va Turkiyada o‘ynash sizga nimani o‘rgatdi?
— Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, har lahzadan zavqlanish.
— Qaysi chempionat uslub jihatidan sizga eng qiyin bo‘ldi?
— Xitoy (Superliga).
— Bu tajribalar “Andijon”da sizga qanday foyda beradi?
— Oldingidan ham qattiqroq ishlash.
Maydondagi maqsadlar
— Bu mavsum uchun shaxsiy maqsadingiz qanday?
— Klub bilan oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishishni istayman va bu borada qo‘limdan kelganicha yordam bermoqchiman.
— “Andijon” muxlislariga qanday o‘yin va gollar ulashmoqchisiz?
— Men Andijonda bo‘lganimda urg‘an gollarim bilan baham ko‘rishni yaxshi ko‘rardim. Lekin o‘shanda unchalik ko‘p gol urmagan edim. Bu safar o‘zimni yanada yaxshiroq ko‘rsatishni istayman.
— Jamoada yosh hujumchilar bor — ularga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?
— Qo‘rqmaslik, qattiq ishlash va futboldan zavqlanishni.