«Marsel» Rabyoni transferga qo'ydi
Фото: Getty Images
"Marsel" Adrien Rabiot va Jonatan Rouni transferga qo'yganini tasdiqladi.
Bunga sabab sifatida Rabiot jamoadoshi Jon Rou bilan janjallashgani ko'rsatilmoqda.
Futbolchilar Fransiya chempionati birinchi turida "Renn"ga safardagi mag'lubiyatdan so'ng kiyinish xonasida mushtlashib ketgan va mashg'ulotlardan chetlatilgan.
Bu qaror murabbiylar shtabi bilan kelishilgan holda va klub ichki odob-axloq qoidalariga muvofiq amalga oshirilgan.
Rabiot o'tgan yil sentabr oyida "Yuventus" bilan xayrlashgach, "Marsel"ga ko'chib o'tgandi. U 32 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan hamda 6 ta assist amalga oshirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist