locale OZ

Markos Rojo «Rasing» futbolchisiga aylandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Markos Rojo «Rasing» futbolchisiga aylandi
Photo: Getty Images

Argentinalik 35 yoshli himoyachi Markos Rojo Argentinaning "Rasing" klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda Avellaneda klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, shartnoma bir yarim yilga imzolangan. Shartnomaning boshqa tafsilotlari oshkor qilingani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Rojo o‘tgan haftada "Boku Xuniors"ni tark etgan edi.

Faoliyati davomida Markos o‘zining "Sporting" va "Manchester Yunayted" klublarida ham o‘ynagan. Himoyachi Argentina terma jamoasi safida 60 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgani bilan ham tanilgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting