locale OZ

Marko Stanoyevich bugun “Nemanya Vidich” bo’lib ketdi(mi)?

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Marko Stanoyevich bugun “Nemanya Vidich” bo’lib ketdi(mi)?
PHOTO: Telegram

Bir necha daqiqalar avval Toshkentdagi “Jar” o’yingohida Superliga 3-turidan o’rin olgan “Paxtakor”-“Dinamo” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda samarqandliklar 0:1 hisobida g’alabaga erishdi.

O’yindan so’ng Marko Stanoyevich jamoa muhlislarini g’alaba bilan tabrikladi. Klub matbuoti esa uning videosi ostiga quyidagicha ta’rif yozdi:

““Dinamo” himoyachilari jarohat olganligi sababli bugun markaziy himoyachi sifatida to’p surib, ajoyib o’yin ko’rsatgan Nemanya Vidich (Marko Stanoyevich) uchrashuvdan keyin barchani muhim g’alaba bilan tabrikladi”,-deb “Manchester Yunayted”ning sobiq sardoriga o’xshatish qildi Samarqand klubi matbuoti.


Ushbu g’alabadan so’ng samarqandliklar 7ochko bilan turnir jadvalida 3-o’ringa ko’tarilib oldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting