Markaziy stadionni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda
Xususan, maydon chimini yangilash va parvarishlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Фото: Davlatobod tumani hokimligi Axborot xizmati
Bugun viloyat hokimining o‘rinbosari G‘ofurjon Jamalov boshchiligida mas’ullar ishtirokida markaziy stadionda o‘rganish ishlari olib borildi. Yaqinlashib kelayotgan mavsumga sifatli tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mavjud holat ko‘zdan kechirilib, obodonlashtirish yo‘nalishida bir qator vazifalar belgilab olindi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi va ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Xususan, maydon chimini yangilash va parvarishlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist