Mark Flekken — \"Bayer\" futbolchisi
U APLdan keldi
Photo: Getty Images
“Brentford” darvozaboni Mark Flekken faoliyatini Bundesligada davom ettiradi.
31 yoshli kiper “Bayer” bilan shartnoma imzoladi. Leverkuzen klubi ushbu posbon uchun “Brentford”ga 10 mln yevro to‘ladi.
Niderlandiyalik posbon bilan shartnoma 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Flekken o‘tgan mavsumda APLda 37 o‘yinda maydonga tushib, ularning 7 tasida gol o‘tkazmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist