locale OZ

Mareska Rodri haqida: \"Eng yaxshilarni hamma xohlaydi\"

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Rodri yaqin kunlarda operatsiya qilinadi, shundan so‘ng ta'tilga chiqadi va tiklanish jarayonini yakunlab, jamoa ixtiyoriga qaytadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mareska Rodri haqida: "Eng yaxshilarni hamma xohlaydi"
Foto: Getty Images

Mareska Rodri haqida: "Eng yaxshilarni hamma xohlaydi"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Entso Mareska Rodrining "Real Madrid"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Italiyalik mutaxassis bunday gap-so‘zlar dunyoning eng yaxshi futbolchilari atrofida doim bo‘lishini aytdi.

"Har bir murabbiy Rodri kabi futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni xohlaydi. Shuning uchun uning atrofida mish-mishlar bo‘lishi tabiiy. Men esa uning mavsumni "Manchester Siti" safida boshlashiga ishonaman", — dedi Mareska.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Rodri yaqin kunlarda operatsiya qilinadi, shundan so‘ng ta'tilga chiqadi va tiklanish jarayonini yakunlab, jamoa ixtiyoriga qaytadi. Shu bilan birga, "Real Madrid"ning ispaniyalik yarim himoyachiga qiziqishi haqidagi xabarlar hamon davom etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting