Mareska: \"Maqsadimiz chorak finalga chiqish edi\"
Photo: Getty Images
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska klublar o'rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 3-turida "Esperans" ustidan qozonilgan (3:0) g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Aristokratlar” guruhda 2-o‘rinni egallagan holda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Pleý-offning birinchi bosqichida London jamoasi “Benfika”ga qarshi maydonga tushadi.
"Maqsadimiz? Birinchidan, chorak finalga chiqish kerak. Chempionlar ligasi finalida o'ynagan "Atletiko"dek jiddiy klub ham klublar o'rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finaliga chiqolmagan", - deya Mareskaning so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" va "Benfika" uchrashuvi 28 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist