Mareska diskvalifikatsiya qilindi
Italiyalik mutaxassis jarima ham to‘laydi.
ФОТО: Getty images
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan jazolandi.
Shuningdek, italiyalik mutaxassis 8 ming funt (taxminan 9200 yevro) miqdorida jarimaga tortildi.
Mareska "Liverpul"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgani uchun jazolandi. "Chelsi" murabbiyi o‘yin oxirida jamoasining golidan so‘ng hissiyotlarga berilib, texnik zonadan tashqariga yugurib chiqdi va futbolchilar bilan birga golni nishonlash uchun yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" ayni damda Premyer-liga jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda.
18 oktyabr kuni "Chelsi" "Nottingem Forest"ga qarshi o‘ynaydi, Entso Mareska texnik zonada bo‘lmaydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist