locale OZ

Mareska «Bornmut»ga qarshi oʻyindan keyin futbolchilariga bir ogʻiz ham gapirmasdan ketdi — The Athletic

Avvalroq «Chelsi» italiyalik mutaxassisni isteʼfoga chiqargandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mareska «Bornmut»ga qarshi oʻyindan keyin futbolchilariga bir ogʻiz ham gapirmasdan ketdi — The Athletic
FOTO: Getty Images

«Chelsi» bosh murabbiyi Enzo Mareska APLning 19-turi doirasida «Bornmut»ga qarshi o‘yindan (2:2) so‘ng jamoani tark etdi va futbolchilarga bir og‘iz ham gapirmadi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis uchrashuvdan keyin kiyimini almashtirib, stadionni tark etgan. U oʻyindan keyingi matbuot anjumanida ham qatnashmadi — uning o‘rniga murabbiylar shtabi a’zosi chiqish qildi. Dastlab Mareskaning sog‘ligi bilan bog‘liq muammo borligi taxmin qilingan, biroq bu ma’lumot tasdiqlanmadi. Xabardor manbalarning ta’kidlashicha, o‘sha paytdayoq murabbiy ketishga qat’iy qaror qilgan.

«Chelsi» rahbariyati Mareska bilan hamkorlikni to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan. Klub dastlab murabbiy ishini ikki yillik muddat davomida baholashni rejalashtirgan, biroq zarurat tug‘ilganda jarayonni muddatidan avval yakunlashga tayyor bo‘lgan.

Qayd etilishicha, «Chelsi» futbolchilari voqealardan bexabar bo‘lishgan, biroq «Stemford Brij»dan uyga qaytayotganda vaziyat jiddiy ekanini sezishgan. Oradan ko‘p o‘tmay, jamoaga rejalashtirilgan tiklanish mashg‘uloti ikki kunlik dam olish bilan almashtirilgani haqida xabar yuborilgan.

Amaldagi shartnoma yana uch yarim yilga mo‘ljallanganiga qaramay, to‘lanadigan kompensatsiya miqdori hamon savol ostida qolmoqda. Manbalarga ko‘ra, Mareskaga shartnoma bo‘yicha to‘liq mablag‘ to‘lanmaydi va kelishuv klub moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. «Chelsi»ning asosiy strategiyasi — bosh murabbiylar bilan besh yillik shartnoma tuzish va uni klub manfaatlariga mos shartlarda muddatidan oldin bekor qilish imkoniyatini saqlab qolish — o‘zgarishsiz qoladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting