Mareska A Seriyada ish boshlashi mumkin
Hozirda u ishsiz.
ФОТО: Getty images
Londonning “Chelsi” klubi sobiq bosh murabbiyi Entso Mareska A Seriyada faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, “Fiorentina” mutaxassis bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.
Florensiya klubi rahbariyati Mareskani ushbu mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoaga taklif etishga tayyor. Buning uchun jamoa A Seriyada jon saqlab qolishi kerak.
Ma’lumot uchun, Italiya chempionatining 29-turidan keyin “Fiorentina” 28 ochko to‘plab, turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist