locale OZ

Maradonaning o'g'li: “Otamni o'ldirishgan”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maradonaning o'g'li: “Otamni o'ldirishgan”
FOTO: Football Espana

Afsonaviy futbolchi Diyego Maradonaning o'g'li Sinagra otasining vafoti haqida gapirdi. Uning fikricha, Maradona shifokorlarning beparvoligi sabab vafot etgan.

“Mening otamni o'ldirishgan. Bu aniq. Shifokorlar unga yetarlicha g'amxo'rlik qilishmagan va uni qutqarib qolish uchun hech bir chora ko'rishmagan.

Agar unga yaxshi munosabatda bo'lishganida, u hozir shu yer o'tirgan bo'lishi mumkin edi. Ishonchim komilki, bu beparvolik ekanligini isbotlaymiz”, - deydi Sinagra.

Eslatib o'tamiz, rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Maradona yurak yetishmovchiligidan vafot etgan. Biroq OAV Diyegoning o'limi aslida shifokorlarning aybi bilan sodir bo'lganini ta'kidlamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting