Maradona Safarov «Batken» bilan shartnoma imzoladi
Avvalroq Safarov so‘nggi uch mavsumni Qirg‘iziston chempionatida o‘tkazgan.
Фото: Истаравшан
O‘zbekistonlik futbolchi Maradona Safarov Qirg‘izistonning "Batken" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Sports24.uz xabar tarqatmoqda.
32 yoshli yarim himoyachi faoliyati davomida "Mash'al", "Zomin", "Dinamo" hamda Qirg‘izistonning OshMU klublarida to‘p surgan. Safarov so‘nggi uch mavsumni Qirg‘iziston chempionatida o‘tkazgan.
Qayd etish joiz, Safarov 2026 yil yanvar oyida Tojikistonning "Istaravshan" klubiga o‘tgan va u yerda bir yillik shartnoma imzolagan edi.
Biroq Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchi 20 iyul kuni "Istaravshan"ni tark etgan va hozir erkin agent maqomida qayd etgandi.
Farhod Fayziyev
Ekspert