locale OZ

Mane Senegal milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

Sadio terma jamoa libosida 130 ta o‘yin o‘tkazib, 54 ta gol urgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mane Senegal milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunladi
ФОТО: Getty images

Senegal terma jamoasining yetakchi hujumchisi Sadio Mane milliy jamoa tarkibidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda senegallik Le Quotidien nashri xabar berdi.

"Bilingki, men bu bayroq uchun barcha narsadan voz kechdim. Butun kuchimni berdim va har doim yurtimiz uchun maydonda oxirigacha kurashdim", – dedi Mane o‘z bayonotida.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Sadio Mane Senegal terma jamoasi safida 130 ta o‘yin o‘tkazib, 54 ta gol urgan.

Futbolchi Senegal bilan birga 2021 yilda Afrika millatlar kubogi sohibi bo‘lgan, shuningdek, 2019 va 2026 yillarda musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting