locale OZ

Mane: «Biz erkaklarga o‘xshab o‘ynaymiz»

Senegal sardori jamoadoshlarini maydonga qaytarish chogʻida nima degani maʼlum boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mane: «Biz erkaklarga o‘xshab o‘ynaymiz»
FOTO: Getty Images

Senegal milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi Sadio Mane Afrika Millatlar Kubogi finalida Marokashga (1:0) qarshi o‘yinda o‘yinchilarni maydonga qaytarishga urindi.

Bahsli penalti belgilanganidan so‘ng Senegal bosh murabbiyi Pap Tyav jamoani maydonni tark etishga majbur qilgan edi. Keyinchalik Sadio Mane o‘yinchilarni qaytardi, Braim Dias esa penalti zarbasini panenka uslubida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozabon Eduard Mendi qo‘liga yo‘naltirdi.

«Biz erkaklar kabi o‘ynaymiz!» — dedi Mane jamoadoshlariga.

Senegal g‘alabasini qo‘shimcha vaqtning oxirida Pap Geye kiritgan gol ta’minladi. Shu tariqa Senegal tarixida ikkinchi marta Afrika Kubogi g‘olibi bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting