locale OZ

Mane bahsli penaltidan soʻng maydonni tark etgan jamoadoshlarini nega ortga qaytarganini aytdi

Turnir finalida Senegal Marokashni qoʻshimcha boʻlimlarda kiritilgan gol evaziga magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mane bahsli penaltidan soʻng maydonni tark etgan jamoadoshlarini nega ortga qaytarganini aytdi
FOTO: Getty Images

Senegal milliy terma jamoasi va Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi hujumchisi Sadio Mane Afrika Millatlar Kubogi finalida Marokashga (1:0) qarshi o‘yinda yuz bergan voqealar haqida fikr bildirdi.

Bahsli penalti belgilanganidan so‘ng Senegal bosh murabbiyi Pap Tyav jamoani maydonni tark etishga majbur qilgan edi, Mane esa o‘yinchilarni qaytardi.

«Hakamlarda ham xatolar bo‘lishi mumkin, shuning uchun ularni tanqid qilish adolatsizlik bo‘ladi. Eng muhimi, men buni dunyodagi barcha odamlar uchun qilgan edim, ular o‘yinni oxirigacha ko‘rishni xohlashardi», — dedi Mane.

Eslatib oʻtamiz, Senegal g‘alabasini qo‘shimcha vaqtning oxirida Pap Geye kiritgan gol ta’minladi. Shu tariqa Senegal tarixda ikkinchi marta Afrika Millatlar Kubogi g‘olibi bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting