locale OZ

Manchini: «Yaqin toʻrt yil ichida Italiya bilan kamida bitta sovrin yutishimizga ishonaman»

Italiyaliklar soʻnggi marta 2021-yilda sovrin qoʻlga kiritgan.
Mancini: «Yaqin toʻrt yil ichida Italiya bilan kamida bitta sovrin yutishimizga ishonaman»
ФОТО: Getty images

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini yaqin yillarda jamoani sovringa olib kelishiga ishonayotganini aytdi.

«Gʻalabaning kaliti — futboldan zavq olish va chiroyli oʻyin koʻrsatish. Men maydonda ustunlik qiladigan, raqibga oʻz oʻyinini oʻtkaza oladigan jamoa tuzmoqchiman. Yaqin toʻrt yil ichida kamida bitta sovrinni qoʻlga kiritishimizga ishonaman. Men bu yerga imkon qadar tezroq biror narsa yutish uchun keldim», — dedi Manchini.

Eslatib oʻtamiz, Italiya terma jamoasi soʻnggi jahon chempionatini oʻtkazib yuborgan. Shundan keyin jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Jen­naro Gattuzo isteʼfoga chiqarilgan.

Italiyaliklar soʻnggi marta 2021-yilda sovrin qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili jamoa Yevropa chempionati finalida Angliyani magʻlub etib, qitʼa chempionligiga erishgan edi. Qayd etish joiz, oʻsha paytda Italiya terma jamoasiga aynan Roberto Manchini ustozlik qilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting