Manchini «Nottingham Forest» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
"O'rmonchilar" kuni kecha Postekogluni iste'foga chiqargandi.
ФОТО: Getty images
Roberto Manchini "Nottingham Forest"ning bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "o‘rmonchilar" iste'foga chiqarilgan Anje Postekogluni o‘rniga italiyalik mutaxassisni taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Roberto Manchini 2023 yildan 2024 yilgacha Saudiya Arabistoni terma jamoasini boshqarib, 18 ta o‘yinning 7 tasida g‘alaba qozongandi. Roberto 2009 yildan 2013 yilgacha Angliyada – "Manchester City"da faoliyat yuritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Nottingham Forest" hozirda APL turnir jadvalida 8 turdan so‘ng 5 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist