locale OZ

‘‘Manchester Yunayted’’dagi mojaro yakunlandi — Karrik Martines bo‘yicha qaror qabul qildi

Bosh murabbiy Maykl Karrik esa vaziyat hal etilganini bildirib, Martines ‘‘Lids’’ga qarshi navbatdagi uchrashuvda ishtirok etishi mumkinligini tasdiqladi.
‘‘Manchester Yunayted’’dagi mojaro yakunlandi — Karrik Martines bo‘yicha qaror qabul qildi
Foto: Getty Images

Angliyaning ‘‘Manchester Yunayted’’ klubida himoyachi Lisandro Martines va rahbariyat o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik bartaraf etildi. Argentinalik futbolchi klubning transfer siyosatini ochiq tanqid qilganidan so‘ng uzr so‘radi. Bosh murabbiy Maykl Karrik esa vaziyat hal etilganini bildirib, Martines ‘‘Lids’’ga qarshi navbatdagi uchrashuvda ishtirok etishi mumkinligini tasdiqladi. Bu haqda ‘‘Manchester Yunayted’’ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mojaro ‘‘Manchester Yunayted’’ning Chempionlar ligasida ‘‘Atletiko Madrid’’ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishidan keyin boshlangan. Martines klub rahbariyatini yozgi transferlar vaqtida tarkibni yetarlicha kuchaytirmaganlikda ayblab, ayniqsa sport direktori Jeyson Uilkoks faoliyatini tanqid qilgan. Shundan so‘ng futbolchi Karrik, Uilkoks va klub bosh direktori Omar Berrada bilan uchrashuv o‘tkazgan. Muzokaralar yakunida himoyachi o‘z bayonotining vaqti hamda shakli noto‘g‘ri bo‘lganini tan olib, uzr so‘ragan.

Karrik 16-oktabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ushbu masala ortda qolganini ta’kidladi. ‘‘Bu masala yopildi. Biz vaziyatni muhokama qildik va oldinga harakatlanishda davom etmoqdamiz. Martines o‘z xatosini tan oldi. Jamoa ichida hech qanday muammo yo‘q’’, dedi mutaxassis. Murabbiy futbolchilarning mashg‘ulotlardagi kayfiyati yaxshi ekanini bildirib, barcha e’tibor navbatdagi uchrashuvga qaratilganini aytdi. Shuningdek, u Martines ‘‘Lids’’ga qarshi bahs uchun qaydnomadan joy olishi mumkinligini tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, ‘‘Manchester Yunayted’’ Angliya Premyer-ligasining dastlabki olti turida atigi bitta g‘alaba qozonib, turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi. Bu klubning so‘nggi 40 yildagi eng yomon mavsum starti hisoblanadi. Jamoa 18-oktabr kuni safarda ‘‘Lids’’ga qarshi maydonga tushadi. Karrikning ma’lum qilishicha, Lyuk Shou va Kobbi Maynuning uchrashuvdagi ishtiroki so‘roq ostida, Benjamin Sheshko esa jarohati sabab maydonga tusha olmaydi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting