locale OZ

«Manchester Yunayted» Onanani qo'yib yuborishga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Manchester Yunayted" Onanani qo'yib yuborishga tayyor
ФОТО: Getty images

Kamerunlik darvozabon Andre Onana endi "Manchester Yunayted"ning rejalarida yo'q.

The Athletic xabariga ko'ra, "qizil iblislar" 29 yoshli kiperning Saudiya chempionatiga ketishiga tayyor.

Hozirda inglizlar nomi oshkor etilmagan klub bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Onananing bozor narxi 25 million yevroni tashkil etadi. Uning mankunianliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Andre o'tgan mavsum Angliya chempionatida 34 ta o'yinda ishtirok etib, 44 ta to'p o'tkazib yuborgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting