\"Manchester Yunayted\" - \"Manchester Siti\" sofacore tahminiy tarkiblarni e'lon qildi, Husanov asosiydami?
Bugun oqshomda Manchester shahri ikkiga bo'linadi. Sababi oddiy, Manchester derbisi.
Ushbu o'yin “Manchster Siti” jamoasi uchun juda ham muhim hisoblanadi. Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun kurashayotgan “Shaharliklar” turnir jadvalida “Chelsi”dan bir ochko kam to'plagan holda ellik bir ochko bilan beshinchi o'rinda ketyapti.
“Manchester Yunayted” esa o'ttiz yetti ochko bilan jadvalning o'n uchinchi o'rnida joylashib turibdi. “Qizil iblislar” o'zlariga yarashmagan o'rindan yuqorilash uchun ham kerakli ochkolarni jamg'arishi suv va havodek zarur.
Sofacore ushbu bahs oldidan jamoalarning asosiy tarkibini e'lon qildi. Sofacore tahminiga ko'ra bugun ham hamyurtimiz Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlamaydi. Nashrning bugungi qarama-qarshilik uchun tahminiy tarkibi quyidagicha:
