locale OZ

«Manchester Yunayted» Kamavingaga qiziqish bildirmoqda

Eduarduaning bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.
«Manchester Yunayted» Kamavingaga qiziqish bildirmoqda
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga “Manchester Yunayted” klubining qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Manchester Yunayted” “Real” yarim himoyachisi Eduardu Kamavingaga qiziqish bildirmoqda. Frantsiyalik futbolchi endi "qaymoqranglilar" uchun daxlsiz o‘yinchilar qatoriga kirmaydi”, — deb yozdi Skira.

23 yoshli yarim himoyachi 2025/26 yilgi La Liga mavsumida “Real” safida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Kamavinganing bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting