locale OZ

Manchester Yunayted Jake uchun da'vogar

Futbolchi joriy mavsum Liga 1da 15ta o'yinda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manchester Yunayted Jake uchun da'vogar
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" "Renn" himoyachisi Jeremi Jakega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi

Manbaga ko'ra, ingliz klubining yozgi transfer oynasidagi ustuvor vazifasi yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olish hisoblanadi, ammo markaziy himoyani kuchaytirish ham kun tartibidan o'rin olgan.

Shuningdek, Jakega yana bir necha klub kuzatib bormoqda, ammo qishda transferni rasmiylashtirish qiyin bo'ladi, deb hisoblanmoqda. Avvalroq, Jeremiga "Real" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchi joriy mavsum Liga 1da 15ta o'yinda maydonga tushdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting