locale OZ

“Manchester Yunayted” “Barselona” himoyachisi agenti bilan bog‘landi

Klub 22 yoshli futbolchini chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Yunayted” “Barselona” himoyachisi agenti bilan bog‘landi
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Alexandro Balde xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi futbolchining vakillari bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer shartlarini o‘rganishni boshlagan.

Manbalarga ko‘ra, “Manchester Yunayted” Baldening agenti Jorge Mendes bilan muzokaralar o‘tkazgan. Klub 22 yoshli futbolchini chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Balde ayni vaqtda “Barselona” bilan shartnomaga ega. Futbolchi avvalroq Kataloniya klubidagi faoliyatidan mamnun ekanini bildirgan va transfer haqidagi mish-mishlarga e’tibor qaratmayotganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” yozgi transfer oynasida chap qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Klub avvalroq “Nyukasl” futbolchisi Lyuis Xollga ham qiziqish bildirgan, biroq Balde uning muqobil varianti sifatida ko‘rilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting