locale OZ

“Manchester Yunayted” Andre Onanaga o'rinbosar topdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Yunayted” Andre Onanaga o'rinbosar topdi
FОТО: Getty Images

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Espanyol” darvozaboni Joan Garsiyaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, mankunianliklar Andre Onanaga o'rinbosar qidirmoqda va Garsiyaning nomzodini ilgari surmoqda.

Qayd etilishicha, Garsiyaning “Espanyol” bilan shartnomasidagi tovon puli 21 million funtni tashkil qiladi.

Ma'lumot uchun, Garsiya joriy mavsum La Ligada 32 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning “Espanyol” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting