locale OZ

«Manchester United» «Liverpul»ga qarshi ketma-ket uchta o‘yinda bittadan ko‘p gol urdi

Ushbu o‘yindan so‘ng “qizil iblislar” 64 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester United» «Liverpul»ga qarshi ketma-ket uchta o‘yinda bittadan ko‘p gol urdi
ФОТО: Getty images

“Manchester United” “Liverpul”ga qarshi ketma-ket uchta o‘yinda bittadan ortiq gol urib, ulardan ikkitasida g‘alaba qozondi.

O‘tgan yili “qizil iblislar” mersisaydliklar bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan va 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Bir kun avval, 3-may kuni, “Yunayted” “Liverpul”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng “qizil iblislar” 64 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Mersisaydliklar 58 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada joylashgan.

Keyingi turda “Manchester United” 9-may kuni safarda “Sanderlend” bilan o‘ynaydi, “Liverpul” esa o‘sha kuni “Chelsi”ni qabul qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting