«Manchester Siti»ning sobiq darvozaboni Gretsiya klubi bilan shartnoma imzoladi
Darvozabon 2022 yil yozidan 2026 yil fevraligacha "Manchester Siti" safida o'ynadi.
ФОТО: Getty images
"Olimpiakos" "Manchester Siti"ning sobiq darvozaboni Shtefan Ortega bilan shartnoma imzoladi.
Futbolchi 2026 yil fevral oyidan beri o‘ynab kelayotgan "Nottingem Forest"ni tark etdi.
"Olimpiakos" futbol klubi nemis darvozaboni Shtefan Ortega Morenoni sotib olganini e’lon qildi.
33 yoshli darvozabon mavsumning ikkinchi yarmida "Nottingem Forest"da to‘p surdi va jamoa bilan Yevropa Ligasi yarim finaligacha yetib bordi.
Darvozabon 2022 yil yozidan 2026 yil fevraligacha "Manchester Siti" safida o‘ynadi va Pep Gvardiola qo‘l ostida 56 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist