\"Manchester Siti\" ter-Shtegen uchun da'vogarga aylandi
Photo: Getty Images
“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter-Shtegen faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” posboni, germaniyalik 33 yoshli kiper bilan xayrlashmoqchi.
Hans-Diter Flik "ko‘k-anorranglilar"da futbolchini jamoaning asosiy darvozaboni sifatida ko‘rmayapti.
Kataloniya klubidagilar Ter Shtegen JCH-2026da Germaniya terma jamoasida o‘ynash uchun jamoani tark etishga qaror qiladi, deb hisoblamoqda. Biroq, u shartnoma muddati tugamasidan avval bekor qilgani uchun tovon to‘lashi kerak bo‘ladi.
Bahrom Bobonov
Redaktor