«Manchester Siti» taslim bo‘lmagan, klub aybsizligini isbotlashiga ishonmoqda — The Athletic
«Manchester Siti» taslim bo‘lmagan, klub aybsizligini isbotlashiga ishonmoqda — The Athletic
Ingliz klubi rahbariyati vaziyatni o‘nglashiga ishonchi komil.
«Manchester Siti» rahbariyati moliyaviy qonunbuzarliklar bo‘yicha o‘z aybsizligini isbotlay olishiga hali ham ishonmoqda. Bu haqda insayder Devid Ornshteyn The Athletic podkastida ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, avvalroq, mustaqil komissiya «shaharliklar»ni 115 ta ayblovdan 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topgan edi.
Jurnalistning ta’kidlashicha, tarixda bunday ishning hech bir analogi yo‘q va tergovning yakuniy natijasi qanday bo‘lishini hech kim bilmaydi. Ta’kidlanishicha, «Manchester Siti» klubi 2 oktyabr, juma kunigacha apellyatsiya berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, «Siti» uchun yakuniy jazo hali belgilanmagan. Turli versiyalarga ko‘ra, klubga turli darajadagi sanksiyalar tahdid solishi mumkin: ochkolar olib tashlashdan tortib, APLdan chetlatishgacha.