locale OZ

«Manchester Siti» Makallisterni sotib olmoqchi

Argentinalik futbolchining yillik maoshi taxminan 6 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti» Makallisterni sotib olmoqchi
ФОТО: Getty images

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Makallister "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Mett Tilen xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "shaharliklar" argentinalik futbolchining vakillari bilan bog'lanib, ehtimoliy transferni muhokama qilgan.

"Manchester Siti" Makallisterni Rodrining o'rnini bosishi mumkin bo'lgan futbolchi sifatida ko'rmoqda. Ispaniyalik yarim himoyachi esa "Barselona"ga o'tishga yaqin ekani aytilmoqda.

Makallisterning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan. Argentinalik futbolchining yillik maoshi taxminan 6 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting