«Manchester Siti» Gehi uchun kurashga qo‘shildi
ФОТО: Getty images
“Kristal Pelas” himoyachisi Mark Gehi top jamoalarning diqqat markazida turibdi.
Sun Sport xabariga ko‘ra, “Manchester Siti” ham 25 yoshli ingliz futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi.
Shuningdek, unga "Liverpul", "Bavariya", "Barselona" va "Real" kabi grand klublar ham da’vogarlik qilmoqda. Gehi qishda “burgutlar”ni tark etishga tayyor.
Joriy mavsumda 25 yoshli himoyachi barcha turnirlarda oltita uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol muallifiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasi vaqtida Gehi “Kristal Pelas”ni tark etishi kutilgandi. So‘nggi daqiqalarda uning “Liverpul”ga o‘tishi amalga oshmay qolgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist