locale OZ

«Manchester Siti» futbolchisi «Midlsbro»ga ijaraga berildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti» futbolchisi «Midlsbro»ga ijaraga berildi
Фото: Getty Images

"Manchester Siti" markaziy yarim himoyachisi Sverr Nupan ijara asosida "Midlsbro"ga o'tdi. Bu haqda Chempionship klubi matbuot xizmati rasmiy saytida xabar berildi.

Norvegiyalik havbek joriy mavsum yakuniga qadar "Midlsbro" sharafini himoya qiladi.

Nupan shu yozda "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi. 18 yoshli yarim himoyachi "Rusenborg"dan 14,5 mln yevroga sotib olindi.

Norvegiya chempionatining o'tgan mavsumida Nupan 9 o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgani bilan yodda qolgan.

Chempionshipning ikki turidan so'ng "Midlsbro" oltita ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting