locale OZ

«Manchester Siti» Doku bilan shartnomani uzaytirdi

Futbolchi 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan yangi mehnat shartnomasiga imzo chekdi.
«Manchester Siti» Doku bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Manchester City

“Manchester Siti” vinger Jeremi Doku bilan hamkorlik muddati uzaytirilganini e’lon qildi. Bu haqda “shaharliklar” matbuot xizmati rasmiy saytida xabar berdi.

Futbolchi 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan yangi mehnat shartnomasiga imzo chekdi. Belgiyalik futbolchining maoshi ham oshirildi.

Doku Angliya jamoasi sharafini 2023 yildan beri himoya qilib kelmoqda. “Manchester Siti” tarkibida 24 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 131 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 34 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi. Angliyaga ko‘chib o‘tishdan oldin Doku Fransiyaning “Renn” va Belgiyaning “Anderlext” klublarida o‘ynagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting