«Manchester Siti» Aleks Skott bilan muzokaralarni boshladi
Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti" "Bornmut" markaziy yarimhimoyachisi Aleks Skott transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" 22 yoshli ingliz futbolchisini jamoaga qo‘shib olishdan manfaatdor. Angliya vice-chempioni Skottning ehtimoliy transferi borasida "Bornmut" bilan muzokaralarga kirishgan.
Eslatib o‘tamiz, "Bornmut" Skottni 2023 yilda "Bristol Siti"dan 23 million yevroga sotib olgan.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. Skott o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 39 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist