locale OZ

Manchester jamoalari Kukurelyaga da'vogarlik qilmoqda

Kukurelyaning «Chelsi» bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manchester jamoalari Kukurelyaga da'vogarlik qilmoqda
ФОТО: Getty images

Ispaniyalik himoyachi Mark Kukurelya «Chelsi»ni tark etishga yaqin. Manchesterning ikkala klubi, «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti», 27 yoshli futbolchi uchun kurashishga tayyor. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Kukurelya London klubini tark etish istagini bildirganidan so'ng, «Chelsi» uning narxini 50 million yevroga belgiladi, bu esa bir nechta Yevropa grandlarining e'tiborini tortdi. Avvalroq himoyachiga «Barselona» va Madridning «Atletiko» klublari ham qiziqish bildirgan edi, biroq endi kurashga Manchester klublari ham qo'shildi.

Joriy mavsumda Kukurelya «Chelsi» safida 50 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 50 million yevroni tashkil qiladi. Kukurelyaning «Chelsi» bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting