\"Manchester City\" Zabarniy transferi uchun 50 mln funt sarflashga tayyor
Photo: Getty Images
"Bornmut" himoyachisi Ilya Zabarniy faoliyatini "Manchester City"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "shaharliklar" ukrainalik futbolchini shu yozda qo'lga kiritish variantini ko'rib chiqmoqda. Ushbu transfer "Manchester City"ga 50 mln funtga tushishi mumkin.
22 yoshli himoyachi joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 34 o'yin o'tkazib, 4 ta sariq kartochka oldi va 1 marta maydondan chetlatildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist