locale OZ

«Manchester City» Neves transferi uchun 120 mln yevro sarflashga tayyor

Joau Neves 2024 yilning yozidan buyon "PSJ" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester City» Neves transferi uchun 120 mln yevro sarflashga tayyor
ФОТО: Getty images

"Manchester City" kelajakda maydon markazida Rodrining o‘rnini bosadigan futbolchi qidirmoqda.

Transfer News Live’ning Fichajes portaliga tayanib xabar berishicha, "shaharliklar" "PSJ" yarim himoyachisi Joau Neves transferi uchun 120 million yevro tayyorlamoqda. Agar tomonlar kelisha olmasa, bonuslar ham qo‘shilishi mumkin.

Joau Neves 2024 yilning yozidan buyon "PSJ" sharafini himoya qilib kelmoqda. Umuman olganda, portugaliyalik parijliklar safida 63 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 10 ta gol va sheriklariga 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting