\"Manchester City\" Livramentoning transferi uchun 65 mln funt sarflamoqchi
Photo: Getty Images
“Manchester City” himoya chizig'ini kuchaytirishga kirishgan.
The Times xabar berishicha, “shaharliklar” "Nyukasl" a'zosi Valentino Livramentoni sotib olmoqchi.
Biroq “qarğalar” o'z futbolchisini qo'yib yuborishni istamayapti va uni jamoada saqlab qolishni xohlamoqda.
“Manchester City” Valentinoning transferi uchun 65 million funt sarflamoqchi. Tomonlar kelishuvga erishsa, u jamoadagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.
O'tgan mavsumda Valentino APLda 37 ta o'yinda maydonga tushdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor